O JOGO xabariga ko'ra, «Sanderlend» Katamo uchun 33 million yevro va 7 million yevro bonus ko'rinishidagi taklifni ilgari surdi. Rasmiy muzokaralar qayta boshlandi.
O JOGO xabariga ko'ra, «Sanderlend» Katamo uchun 33 million yevro va 7 million yevro bonus ko'rinishidagi taklifni ilgari surdi. Rasmiy muzokaralar qayta boshlandi.
OJogo xabariga ko'ra, Joau Kanselu «Barselona» bilan ikki yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Transfer yaqin kunlarda rasmiylashishi kutilmoqda.
📰 OJogo xabariga ko'ra:
Joau Kanselu «Barselona» bilan ikki yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Kanseluning «Barselona»ga o'tishi vaqt masalasi.
«Barselona» kelishuv shu hafta yakunlanishini kutmoqda.
Andreas Shelderup «Tottenhem» nishonida. «Benfika» futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.
So'nggi kunlarda «Roma» bilan bog'lanayotgan Andreas Shelderup «Tottenhem»ning e'tiboriga tushdi.
O Jogo nashri xabariga ko'ra, «shporlar» muzokaralarni boshlash uchun «Benfika» bilan bog'langan, biroq Portugaliya klubi futbolchini 40 million yevroga baholamoqda. O'yinchining shartnomasida 100 million yevrolik tovon puli mavjud va unga 2031-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilingan.
"Benfika" Joau Palinyani transfer qilish uchun "Bavariya"ga yangi taklif bilan chiqdi. Futbolchi uchun "Nyukasl" ham kurash olib bormoqda.
🆕 "Benfika" Joau Palinyani transfer qilish fikridan qaytgani yo'q. "Bavariya" ijaraga olish bo'yicha qilingan dastlabki taklifni rad etganidan so'ng, klub endi futbolchini to'liq sotib olish va to'lovni ikki mavsum davomida amalga oshirishni taklif qilmoqda.
💸 "Bavariya" kamida 25 million yevro talab qilmoqda. "Benfika" ustozi Marku Silva o'zining "Fulxem"dagi sobiq shogirdi Palinyani jamoasida ko'rishni juda istamoqda.
📈 "Nyukasl" portugaliyalik yarim himoyachi uchun kurashda "Benfika"ning asosiy raqibi bo'lib turibdi. "Bavariya" esa ayni damda eng foydali taklifni kutmoqda.
Portu klubi himoyachi Bednarekning jarohati sababli maydon holati yuzasidan kompensatsiya talab qilmoqchi.
⚠️ "Portu" klubi himoyachi Bednarekning jarohati sababli kompensatsiya undirish uchun sudga murojaat qilmoqchi.
O JOGO xabariga ko'ra, "ajdarolar" Portugaliya Superkubogi o'tkazilgan "Eshtadiu Munisipal de Koimbra" maydonining holati yuzasidan Portugaliya futbol federatsiyasiga rasmiy shikoyat kiritishga qaror qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, "Portu" kompensatsiya olishning huquqiy imkoniyatlarini o'rganmoqda. Himoyachi Bednarek aynan maydonning yomon holati tufayli jarohat olib, taxminan ikki haftaga safdan chiqqan. Koimbra munitsipaliteti rahbariyati allaqachon kelgusi oyda maysazorni almashtirish masalasini ko'rib chiqmoqda.
O'yindan bir kun oldin "Portu" vitse-prezidenti Tiagu Madureyra maydonning ayanchli holati tufayli futbolchilar jarohat olish xavfi borligidan ogohlantirib, klubning xavotir va noroziligini bildirgan edi. "Portu" Superkubokni aynan shu stadionda o'tkazish qarori qabul qilinganidan buyon maydon holatidan xavotirda bo'lgan va bu haqda iyul oyi boshida klublar hamda federatsiya o'rtasidagi ilk uchrashuvda rasman xabar bergan.