Eindhovens Dagblad xabariga ko'ra, «Benfika» PSV himoyachisi Rayan Flamingo borasida Eyndxoven klubiga murojaat qilgan. Portugaliyaliklar 23 yoshli futbolchini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelishmoqda va endilikda ular yana muzokaralarni boshlashdi. 👀
PSV futbolchini sotishga tayyor, ammo kamida 20 million yevro talab qilmoqda. Eslatib o'tamiz, niderlandiyaliklar futbolchini «Utrext»dan 9 million yevro evaziga xarid qilishgan edi. Shuningdek, agar PSV tarkibga Gertreydani qo'shib olsa, o'tgan mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgan Flamingoni qo'yib yuborish osonroq kechadi. Futbolchining o'zi ham jamoani tark etishga qarshi emas. 💰
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!