Bernardu Silva: «Real Madrid»da o'ynash bolalikdagi orzuim edi»
ZZoneRM ↗ ●●●●● Matbuot 👁 3

Bernardu Silva: «Real Madrid»da o'ynash bolalikdagi orzuim edi»

Bernardu Silva «Real Madrid» matbuot xizmatiga bergan intervyusida klubga o'tgani hamda o'z his-tuyg'ulari haqida gapirib o'tdi.

Men juda baxtliman. «Madrid» muzeyiga kirib, o'sha xonani va sovrinlarni ko'rganingizda... «Real Madrid» qanchalik buyuk ekanini bilsam-da, 15 ta Chempionlar ligasi sovrini hamon meni hayratda qoldiradi.
Klub muzeyida shuncha ko'p Chempionlar ligasi kuboklariga ega bo'lish — bu juda o'zgacha narsa! 15 karra Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan klubda to'p surish hammaga ham nasib qilavermaydi. «Madrid»ga o'tganimdan juda faxrlanaman. Ushbu klub uchun maydonda bor kuchimni beraman.
Bolaligimdan «Real Madrid»dek buyuk klubda o'ynashni orzu qilganman. Shu bois ham juda baxtliman.
«Madrid»da ekanimdan juda xursandman. Tez orada «Santyago Bernabeu»da debyut o'yinimni o'tkazaman va «Madrid» muxlislari bilan uchrashaman.
Endi ishlash vaqti keldi, zotan «Real Madrid» aynan sovrinlari bilan mashhur.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!