Bruno Fernandesh: «Biz jamoaning hozirgi holatidan juda xafamiz»
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 19

Bruno Fernandesh: «Biz jamoaning hozirgi holatidan juda xafamiz»

🗣️ Bruno Fernandesh:

«Birinchi penaltini men rejalashtirganimdek bajara olmadim. Zarbaga tayyorgarlik ko'rish vaqtida xatoga yo'l qo'ydim va bu natijaga ta'sir qildi. Ammo keyin menga yana bir imkoniyat taqdim etildi. Men o'zimni qo'lga olishga, ortiqcha o'ylamaslikka muvaffaq bo'ldim va bor e'tiborimni to'pni darvozaga yo'llashga qaratdim.

Eng muhimi — bu klub sharafini munosib himoya qilish. Biz g'alaba qozonishimiz, sifatli futbol ko'rsatishimiz va kerakli natijalarga erishishimiz shart. Har birimiz bizdan nimalar kutilayotganini juda yaxshi tushunamiz.

Men shuni barcha tushunishini istardim: biz o'zimiz jamoaning hozirgi holatidan juda xafamiz. Bizni bu vaziyat mutlaqo qoniqtirmaydi va undan chiqib ketish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!