🗣️ Yuri Tilemans o'yindan so'ng:
«Biz bir soniya ham o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmadik, raqibni darvozasi oldida qisib qo'ydik va yakunda g'alabani ilib ketishga muvaffaq bo'ldik. Jamoa haqiqiy xarakter ko'rsatdi, matonat namoyish etdi va oxirigacha kurashdi.
Biz u — Kerrik uchun va klubimiz uchun kurashishda davom etamiz. Biz haqiqatan ham nimaga qodir ekanligimizni isbotlashimiz kerak va ikkinchi bo'limda buni uddaladik. Umid qilamanki, ushbu g'alaba bizga ishonch bag'ishlaydi va keyingi o'yinlarda ijobiy natijalarga erishishimizga yordam beradi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!