Darren g'alati va sirli tvit qoldirdi. U Arteta Berta bilan ishlashda unchalik ham ishonch bildirmayotganiga ishora qildi.
Obunachining bu transfer oynasida nimalar bo'layotgani haqidagi savoliga u quyidagicha javob berdi:
«Mening fikrimcha, ular bu yozda baribir xatolarga yo'l qo'yishdi. Ishga juda sekin kirishishdi, yakunda amalga oshmagan o'yinchilarning ketishiga juda ko'p e'tibor qaratishdi, endi esa hammasini eng so'nggi daqiqaga qoldirishdi.
Sof xarajatlarimiz 60 million funt sterlingdan ortiqni tashkil etishini, shu bilan birga ikki vinger sotilganini, qanotda o'ynagan yana bir futbolchi esa ijaraga berilganini hisobga olsak, tarkib hozir to'liq emasdek tuyuladi.
Klubda shunchaki pulni yanvargacha saqlab qolishga qaror qilishgan bo'lishi ham mumkin.
Shunchaki o'z fikrimni bildirdim.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!