Deku "Barselona"ning transfer rejalari va jamoaning kelajagi haqida fikr bildirdi:
Bizdan ikkita hujumchi ketdi: Levandovski va Ferran. Ferran masalasida yangi xaridlar evaziga yechim topa olamiz deb o'ylayman. Robert bilan esa vaziyat ancha murakkabroq — bunday darajadagi futbolchini almashtirish juda qiyin, chunki u biz bilan birga butun bir davrni boshlab bergan o'yinchi. Ichki zaxiralar orqali yechim topish mumkinligiga ishonaman, garchi transfer oynasi yopilgunga qadar qandaydir harakatlar qilishimiz aniq.
Men yakunda eng yaxshi yechimni izlash kerak deb hisoblayman. Atrofda shov-shuv va gap-so'zlar ko'pligini bilaman. Transfer oynasi yopilgunga qadar nimalar qilishimizni aniqlash ustida ishlayapmiz.
Har qanday futbolchi "Barsa"da o'ynashni, bu muhitdan zavq olishni istaydi, ammo bunday saviyadagi o'yinchilarni taklif qilish uchun g'olibona loyihangiz bo'lishi kerak. Gordon, Adeyemi, Rodri, Kanselu kabi futbolchilarni ruhlantiradigan narsa ham aynan shu deb o'ylayman. Futbolchi haqiqatan ham "Barsa"da o'ynashni, tarix yaratishni va sovrinlar yutishni xohlaydi. Biz bunga erishdik. Klubdan tashqaridagi futbolchilar bu yerda g'alaba qozonish, baxtli bo'lish va tarix yaratish mumkinligini ko'rishmoqda. Menimcha, eng muhimi shu.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!