Demichelis:
Proti intensiv jamoaga qarshi aqlli o'yin ko'rsatdik. Ko'plab yangi futbolchilarni maydonga tushirdik, chunki raqibning intensivligiga taslim bo'lishni istamasdik. Dastlab xotirjamlikni saqlab qoldik va ikkinchi bo'limda sifatli o'yinimiz evaziga gollar urdik. Butun jamoa uchun juda xursandman, chunki agar g'alaba qozonmaganimizda, butun dunyo rotatsiyamiz haqida gapirgan bo'lardi. Endi zaxiramda o'yin ritmiga ega futbolchilar ko'proq ekanini ayta olaman — bu biz uchun muhim.
Gomis:
Birinchi bo'lim qiyin kechdi, ular juda yuqori intensivlik bilan o'ynashdi. Ikkinchi bo'limda kuchliroq qaytdik, tezkor gol urdik va o'yinimizni yaxshiladik. Hisob 1:0 bo'lganida chap qanotda Toni ikki futbolchini aldab o'tib, menga pas berganini ko'rdim. Chap oyog'im bilan zarba berish haqidagi ilk qarorim to'g'ri bo'lib chiqdi.
Romulo:
Birinchi bo'limda vaziyatlar yarata olmadik, keyin ba'zi narsalarni o'zgartirdik, yangi futbolchilarni maydonga tushirdik, o'yinga yaxshiroq kirishdik va tezda hisobda oldinga chiqib oldik. Yana gol urganimdan xursandman. Buning uchun har kuni mehnat qilaman. Ammo jamoa g'alaba qozongani uchun yanada ko'proq xursandman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!