Denzel Dumfries "Real Madrid" klubi matbuot xizmatiga bergan intervyusida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Real Madrid"ga o'tganimdan juda faxrlanaman. Bu klubda bo'lish men uchun nihoyatda yoqimli. Madridda o'zimni juda baxtli his qilyapman. Mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutyapman.
O'ylashimcha, barcha futbolchilar "Real Madrid"ga o'tishni orzu qilishadi. Albatta, Madrid safida to'p surish katta mas'uliyat, chunki oldimizda aniq maqsadlar bor. Ammo men juda faxrdaman va nihoyatda baxtliman. Yangi mavsumni boshlashga tayyorman.
"Espanyol"ga qarshi bo'lajak o'yin? Bu juda muhim uchrashuv. Mavsumning ilk bahsi doim ahamiyatli bo'ladi. Maqsadimiz – "Espanyol"ni mag'lub etish. Albatta, La Ligada "Real" safida debyut qilishdan xursand bo'laman. Bu o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!