Devid Xopkinson: "PIF nafaqat 'Nyukasl 2.0' loyihasini qo'llab-quvvatlamoqda, balki uning amalga oshirilishini talab qilmoqda!
Barcha ambitsiyalarim klub egalari bilan birgalikda shakllantirilgan. Gap faqat PIF haqida emas, balki Rubenlar oilasi haqida ham ketmoqda. Men egalari bilan kuniga bir necha marta muloqot qilaman. Ular o'z vaqti, energiyasi, resurslari va tajribasi bilan o'rtoqlashmoqda. Faoliyatim davomida bunday jonkuyar egalarni uchratmaganman. Ularni faqat bir narsa qiziqtiradi - klubga qanday yordam bera olishlari. Ular bizni kengroq fikrlashga, g'oyalarimizni rivojlantirishga undashadi. Bu shunchaki aqlbovar qilmas holat. Hech kim 'Nyukasl'ning muvaffaqiyatini ulardek istamaydi.
Men chin dildan ishonamanki, bu butun dunyo professional sportidagi eng buyuk loyiha.
Har bir klub o'z muxlislari eng yaxshisi ekanligini aytishni yoqtiradi, ammo 'Nyukasl' holatida bu haqiqatan ham shunday. Gap faqat muxlislar haqida emas. Bizda klub bilan yashaydigan insonlar bor. Avlodlar osha oilalarni 'Nyukasl'ga bo'lgan muhabbat birlashtiradi. Bu shunchaki jamoani qo'llab-quvvatlashdan ko'ra ko'proq narsa. Ular g'alaba lahzalarida ham, eng og'ir damlarda ham biz bilan birga qolishadi.
'Nyukasl 2.0' yo'lida qiyinchiliklar muqarrar. Ammo muxlislarimiz bu katta yo'lning bir qismi ekanligini tushunishlariga ishonchim komil. Ular biz bilan birga navbatdagi chempionlik paradigacha birga bo'lishadi.
Agar siz faqat shu mavsumdayoq chempionlikni kafolatlaydigan jamoaga muxlislik qilmoqchi bo'lsangiz, 'Nyukasl' siz uchun emas. Ammo kurashishni yoqtirsangiz, jamoa bilan birga qiyinchiliklarni yengib o'tishga tayyor bo'lsangiz, demak siz bizdan birisiz. 'Nyukasl 2.0' aynan shunday bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!