Devid Xopkinson: «Bizning maqsadimiz aniq: har yili yevrokuboklarda ishtirok etish va doimiy ravishda asosiy sovrinlar uchun kurashish. Axir, agar turnirda qatnashmasangiz, uni yutib olishning iloji yo'q.
«Nyukasl 1.0» Eddi Xau qo'l ostida va PIF ko'magida klubga o'n yilliklar davomida bo'lmagan narsani taqdim etdi. Bu katta muvaffaqiyat edi. Ammo 70 yil ichida bitta sovrin yutish yetarli emas. Muntazam ravishda titullar uchun kurashishimiz uchun ba'zi qiyin qarorlarni qabul qilishimiz va yo'nalishimizni to'g'rilashimiz kerak.
Bizda uzoq muddatli rivojlanish rejasi bor va biz uni allaqachon amalga oshirmoqdamiz. Bu rejaning asosi — klub daromadlarini oshirish. Faqat shu yo'l bilan biz eng kuchlilar bilan barqaror raqobatlasha olamiz. 70 yilda bitta sovrin — bu ajoyib, lekin kamlik qiladi. Bizning missiyamiz — g'alabalarni muntazam holga aylantirish.
SCR — men duch kelgan eng adolatsiz maoshlarni tartibga solish tizimi. Faoliyatimning katta qismini Shimoliy Amerika sportining tijorat sohasida ishlaganman, u yerda maoshlar chegarasi (potolok) mavjud va barcha klublar deyarli teng imkoniyatlarga ega. Bu yerda esa sarflanishi mumkin bo'lgan mablag' hajmi klub qancha daromad keltira olishiga bevosita bog'liq. Bu butunlay boshqacha chaqiriq.
Shuni ta'kidlamoqchimanki, bizning egalarimiz klubdan foyda chiqarmayapti. SCR cheklovlaridan hech kim ulardan ko'ra ko'proq norozi emas.
Bu tizim adolatsiz deb qancha gapirsak ham bo'ladi. Men ham shunday deb hisoblayman. Lekin keyin nima? Biz faqat o'zimizga tayanishimiz mumkin. Agar ambitsiyalarimizni ro'yobga chiqarmoqchi bo'lsak, raqobatchilarga qaraganda tezroq daromadimizni oshirishimiz shart. Hozir ular bizdan oldinda, demak, biz quvib yetishimiz kerak. Buning uchun juda ko'p ishlashga to'g'ri keladi. Va biz bunga tayyormiz. Biz aynan shu maqsadda shu yerdamiz. Taslim bo'lmoqchi emasmiz. Bizda aniq reja bor va uni bajarish niyatidamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!