Rasman: Diego Moreira — «Milan» futbolchisi! 🔴
«Rossoneri» «Strasbur» klubidan 22 yoshli belgiyalik vinger transfer qilinganini e'lon qildi. Shartnoma 2031-yilga qadar mo'ljallangan, Moreira jamoada 22-raqam ostida to'p suradi.
Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, transfer «Milan»ga 65–66 million yevroga tushadi: 50 million yevro kafolatlangan summa + bonuslar. Shuningdek, «Strasbur» futbolchining kelgusi sotuvidan foiz oladi.
Moreira «Standard» va «Benfika» akademiyalarida tarbiyalangan, «Chelsi» va «Lion» safida o'ynashga ulgurgan. U «Strasbur»da Fransiyaning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biriga aylangandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!