Diego Simeone matbuot anjumanidan asosiy tezislar.
Alvaresning goli haqida:
Men uning goli kelishiga va o'yinni o'zimiz istagan tomonga burib olishimizga amin edim, ammo chetlatish bizga o'zimiz xohlagandek o'ynashga xalaqit berdi. Bu bizga yaqqol ta'sir qildi. Biz Serlotni o'yin oxiriga yaqin, raqib g'alaba uchun oldinga tashlanib, xatoga yo'l qo'ygan taqdirda foydalanish uchun maydonga tushirdik.
Yulmanning chetlatilishi haqida:
Qizil kartochka adolatli edi. Men yigitlarga har doim aytaman, har safar maydonga yiqilganingizda, chetlatilish xavfi ostida qolasiz. Har safar to'p uchun kurashga tashlanganingizda, qizil kartochka olish xavfi bor.
Gantsko bilan bog'liq vaziyat haqida:
Men juda uzoqda edim. Odamlar menga penalti deb baqirishayotgan edi, lekin men ko'rmadim.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!