Atletico Madridning «Real Sosedad»ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi e'lon qilindi. Barrios, Syorlot va Alvares jarohatlar sababli o'yinni o'tkazib yuborishadi.
Atletico Madridning «Real Sosedad»ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi.
Barrios, Syorlot va Alvares jarohatlari sababli tarkibdan joy olishmadi.
Pedro Fullana xabariga ko'ra, Barrios jarohat olmagan. Uning birinchi bo'limdan so'ng almashtirilishi Simeone tomonidan o'yin vaqtini taqsimlash uchun qilingan.
⚪️ Pedro Fullana xabariga ko'ra, Barrios jarohat olmagan va u to'liq sog'lom.
🕓 U birinchi bo'limda Simeone qaroriga ko'ra maydonga tushdi, almashtirish o'yin vaqtini taqsimlash uchun rejalashtirilgan edi.
Serlotdan tashqari barcha futbolchilar mavsum boshlanishiga tayyor.
Diego Simeone «Liverpul»ga qarshi o'yin oldidan jamoaning holati, Xulian Alvares va Serlot haqida gapirdi.
🚌 Diego Simeone «Liverpul»ga qarshi o'yin oldidan:
«Bilbaoda sodir bo'lgan voqea motivatsiya bilan bog'liq emasdi, bu diqqatning pasayishi edi. Aynan shu yerda biz yaxshi o'tkazayotgan o'yinimizni boy berdik. Endi biz ajoyib muhitga ega bo'lgan go'zal stadionga yo'l olmoqdamiz. Bizni nimalar kutayotganiga bardosh berish uchun kuchimiz yetadimi yoki yo'q, ko'ramiz».
«Atletiko» va «Liverpul» o'yin uslublaridagi farqmi? Men uslublarga unchalik ishonmayman; men intensivlikka ishonaman. To'pga egalik qilib ham darvoza tomon birorta ham aniq zarba bermaslik mumkin».
«Jamoaning hozirgi holati? Biz hali ko'p ishlashimiz kerak. Biz o'sish davridamiz: yangi futbolchilar ko'p, Xulian bilan bog'liq vaziyat bor va terma jamoadan kech qaytganlar ham bor. Bu hech kimni qiziqtirmaydi, lekin bu haqiqat. Biz qadam-baqadam oldinga siljishimiz va asta-sekin o'z ritmimizni topib olishimiz kerak».
«Serlot? U tiklanmoqda va biz uchun juda muhim. U bizga hozir jamoada boshqa hech kimda bo'lmagan narsani bera oladi».
«Biz hali shakllanish jarayonidamiz, ammo keyingi o'yindayoq o'sishni ko'rishni kutmoqdaman».
«Men Xulianni boshlang'ich tarkibda ko'rmayapman, lekin u o'yinda bizga yordam bera olishiga ishonaman».