Dominik Soboslai «Oltin to'p»ga nomzodlar ro'yxatiga kiritilmaganidan norozi
YNWA ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 21

Dominik Soboslai «Oltin to'p»ga nomzodlar ro'yxatiga kiritilmaganidan norozi

Dominik Soboslaini «Oltin to'p» uchun top-30 talikka kiritishmadi. Jahon chempionati mavsumi, klub miqyosidagi sovrinlarning yo'qligi va shunga o'xshash bahonalar, baribir tushunarsiz va qabul qilib bo'lmas holat.

Sakkizinchi raqamli pozitsiyada va majburan o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynab, 24 ta gol+assist qayd etdi. Soboning ijrosida ajoyib mavsum.

Lekin Mane (hurmat saqlagan holda, lekin kamon) va Kinyonesni qanday qilib ro'yxatdan chetda qoldirib bo'ladi? Kuchli va hurmatga loyiq Saudiya Arabistoni chempionatini qanday qilib e'tirof etmaslik mumkin?

Yo'q, munosib o'yinchi JCh yilida top-30 talikka kirishi uchun albatta JCh 1/8 finaliga qadar yetib borishi kerak ekan, bu juda katta yutuq-da.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!