Doniell Malen "Roma" — "Fiorentina" uchrashuvidan so'ng DAZN jurnalistlariga intervyu berdi:
Siz yetti o'yinda birga harakat qilib, oltita gol urdingiz, Dibala esa oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Birga o'ynash sizga qanchalik yoqadi?
Bu fantastika. Men u kabi futbolchi bilan birga o'ynayotganimdan juda omadliman, chunki u mening barcha harakatlarimni tushunadi va gollarim uchun imkoniyatlar yaratib beradi.
Gasperini sizni jahon chempionatidan xafa holda qaytganingizni aytgandi. Bu ortda qoldimi?
Qaytganimdan xursandman; bo'lgan ish bo'ldi. Endi biz yana boshladik va men stadiondagi energiyani his qildim.
O'tgan yili mavsumning yarim qismida 14 ta gol urgandingiz. Bu yil nechta gol urasiz?
Men raqamlarni aytishni istamayman. Menga imkoniyatlar yaratish kerak, qolganini keyin ko'ramiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!