Dushan Tadich:
" "Ayaks"ga qarshi "Yoxan Kroyf Arena" maydoniga chiqish juda g'alati bo'ladi. "Ayaks" har doim mening orzuyimdagi klub bo'lib kelgan. Bolaligimda xonamda "Ayaks" futbolkasi osig'liq turardi. Men ushbu klubda o'ynashni orzu qilganman".
"Biz tarix yaratgan va sovrinlar yutgan fantastik davrda sardor bo'lganman. Albatta, "Ayaks" o'zgardi. Ammo, rostini aytsam, u hamon mening orzuyimdagi klub bo'lib qolmoqda. Hozirning o'zidayoq bu oqshom men uchun hissiyotlarga boy bo'lishini bilaman".
"Agar men "NEK" safida "Ayaks" darvozasiga gol ursam, bu faoliyatimdagi eng azobli gol bo'ladi. "Ayaks" mening sobiq rafiqammi? Yo'q, "Ayaks" hamon mening rafiqam. Bu mavsumda qaytish hali juda erta edi, ammo bir kun kelib "Ayaks"ga murabbiy sifatida qaytishni istayman".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!