Dushan Tadicning so'zlari jamoada norozilik keltirib chiqardi
Eredivisie ↗ ●●●●● Matbuot 👁 27

Dushan Tadicning so'zlari jamoada norozilik keltirib chiqardi

Vurnon Anita va Robert Maskant hujumchi Dushan Tadicning so'zlarini keskin tanqid ostiga olishdi.

Dushan Tadicning so'zlari:

"Oson o'ynash yuqori darajadagi futbolchilar bilan, xuddi "Ayaks"dagi davrimda bo'lgani kabi. Ammo atrofingizda kuchsizroq o'yinchilar bo'lsa, bu ancha qiyinroq. Menga og'ir. Men tez-tez o'zim bilan kurashaman va o'shanda xayolimda haqiqiy tartibsizlik boshlanadi. Men muntazam ravishda hujumni rivojlantirish uchun ochiq zonaga chiqaman, lekin to'pni qabul qilib olmayman".

Anita:

"O'ylaymanki, NECda bunday so'zlarni quchoq ochib kutib olishmaydi. Fikrimcha, buni kiyinish xonasida albatta muhokama qilishadi va boshqa futbolchilar o'z noroziliklarini bildirishadi... Bunday gapirish mumkin emas".

Maskant:

"Juda umid qilamanki, NEC kiyinish xonasida unga: "Eshit, yaxshisi jim tur va avval o'zing nimalarga qodirligingni ko'rsat", deya oladigan nufuzli o'yinchilar topiladi. O'z jamoadoshlari haqida bunday fikr bildirish yaramaydi".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!