Emanuele Lulli: «Orzularim ro'yobga chiqmoqda»
АS ROMA ↗ ●●●●● Matbuot 👁 26

Emanuele Lulli: «Orzularim ro'yobga chiqmoqda»

Emanuele Lulli «Roma» — «Jenoa» uchrashuvidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Yosh bo'lishiga qaramay, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilish yoqimli…

«Men juda ham xursandman. Katta orzuim ro'yobga chiqmoqda. Jamoadoshlarim va murabbiyga minnatdorchilik bildiraman. Juda xursandman. Shu ruhda davom etishimiz kerak».

Senga bunchalik yetuk bo'lish qanday nasib etmoqda? Seni nima ilhomlantiradi?

«Jamoada o'zimni qulay his qilyapman. Jamoadoshlarim meni qo'llab-quvvatlashmoqda, driblingga kirishishga va o'z mahoratimni ko'rsatishga undashmoqda. Raqiblarni birga-bir vaziyatda aldab o'tish menga yoqadi, shuning uchun har doim shunga harakat qilaman. Ba'zida o'yinlar bo'ladiki, hammasi ham o'xshab ketavermaydi, lekin baribir ishlashda davom etishim va har bir o'yinga maksimal darajada tayyorgarlik ko'rishim kerak».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!