Angliya terma jamoasi va «Liverpul»ning sobiq hujumchisi Emil Heski Trent Aleksander-Arnoldga «Real Madrid»dagi o'yin vaqti qisqargani fonida «Bavariya»ga o'tishni maslahat bermoqda:
«Bavariya»ga o'tish Trent Aleksander-Arnold uchun yaxshi qadam bo'lardi. Germaniya ligasi, Bundesliga juda raqobatbardosh. U u yerdagi eng katta klubga borib qo'shilgan bo'lardi va bu u uchun ajoyib bo'lardi — garchi men uni «Liverpul»ga qaytishini ko'rishdan mamnun bo'lsam ham.
Himoyachi sifatida gapiradigan barcha salbiy jihatlarga qaramay, ijobiy tomonlari ustunlik qiladi. U hujumda beradigan narsalari buni katta darajada yopib ketadi»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!