📰 Corriere dello Sport (❓) | Anchelotti Endrikka yanvar oyida o'ziga yangi jamoa topishni maslahat berdi, bu uning sekinlashgan o'sishini tezlashtirish uchun kerak. Garchi "Madrid" forvardni sotishga tayyor bo'lmasa-da, klub uning ijaraga ketish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin.
"Milan" Endrikni qo'lga kiritishdan manfaatdor edi va hatto o'tgan yozda uning agentlari bilan uchrashgan. Shu sababli, "rossonerilar" qishki transfer oynasida 20 yoshli braziliyalik futbolchini ijaraga olishga urinib ko'rishlari mumkin. "Roma" ham futbolchiga da'vogarlik qilmoqda.
Qayd etish joizki, joriy mavsumda Endrik hisobida bor-yo'g'i 1 ta o'yin (4 daqiqa) bor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!