📰 AS (❓) | Endrik o'z kelajagini yanvar oyida qayta ko'rib chiqadi. 20 yoshli forvard yana ijaraga ketishi istisno qilinmayapti.
O'tgan yozda "Roma" braziliyalik futbolchining ijarasi bo'yicha kelishuvga erishgan edi, biroq Mourinyu bilan bo'lgan suhbatdan so'ng bitim barbod bo'ldi. Shunga qaramay, rimliklar hamon Endrikka qiziqish bildirmoqda. Boshqa ko'plab klublar ham unga befarq emas.
"Madrid" rahbariyati Mourinyuning hujumchini jamoada olib qolish qarorini to'liq qo'llab-quvvatladi. Biroq "qaymoqranglilar" rahbarlari Endrikka muntazam o'yin amaliyoti zarur deb hisoblamoqda.
Qayd etish joizki, joriy mavsumda futbolchi hisobida atigi 1 ta o'yin (4 daqiqa) bor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!