«Roma» yozda Endrikni o'z safiga qo'shib olishga juda yaqin edi.
Bu haqda Ispaniyaning AS gazetasi xabar berdi: nashr ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalik futbolchiga ijara bo'yicha bir nechta takliflar tushgan va «jallorossi» safiga o'tish varianti uni ko'proq qiziqtirgan.
«Roma» va «Real» o'rtasidagi muzokaralar qizg'in pallaga kirgan va bitim hal qiluvchi bosqichga yaqinlashgandek ko'ringandi. Biroq, mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Joze Mourinyu bu jarayonni to'xtatib qolgan: portugaliyalik murabbiy Endrikning mavsumoldi tayyorgarlikdagi o'yinidan taassurot olib, uni Madriddan ketmaslikka shaxsan ko'ndirgan va mavsum davomida o'yin amaliyoti bilan ta'minlashga va'da bergan. Natijada braziliyalik futbolchi murabbiyning iltimosini qabul qilib, Italiya poytaxtiga ko'chib o'tish imkoniyatidan voz kechishga qaror qilgan.
Biroq hammasi rejadagidek ketmadi. Mavsum boshidagi sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli Endrik juda kam o'yin vaqti oldi. AS xabariga ko'ra, futbolchi agar o'yin amaliyoti bilan bog'liq vaziyat o'zgarmasa, yanvar oyida o'z kelajagini qayta ko'rib chiqish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishgan. Aynan shu sababli ijara varianti hamon real bo'lib qolmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!