Enso Mareska "Chelsi"ning transferlar oynasi so'nggi kunidagi rejalari hamda Enso Fernandes atrofidagi mish-mishlar haqida fikr bildirdi:
"Agar rostini aytsam, bugun yo'q. Bugun biron bir ish qilamiz deb o'ylamayman".
"Ayni damda men sizlarga yana o'sha birinchi kundan beri aytib kelayotgan javobimni takrorlashim kerak va u doimo bir xil bo'lib qoladi: u boshqa klub futbolchisi va men boshqa jamoa o'yinchilari haqida gapirishni to'g'ri deb hisoblamayman".
"Shu bilan birga, boshqa klublar bizning o'yinchilarimiz haqida gapirishini ham noto'g'ri deb bilaman. Aynan shuning uchun biz bilan bo'lmagan futbolchilar haqida hech narsa demayman".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!