Enzo Mareska: «Tarkib to'liq shakllandi, ishga kirishish vaqti keldi»
Манчестер Сити ↗ ●●●●● Matbuot 👁 21

Enzo Mareska: «Tarkib to'liq shakllandi, ishga kirishish vaqti keldi»

Enzo Mareskaning matbuot anjumani:

Tarkib haqida:

«Men juda ham xursandman! Klub rahbariyati – Xaldun va Ugu qilgan ishlardan juda mamnunman. Juda xursandman! So'nggi kunda bizga Iliman va Enzo qo'shilishdi, endi tarkib to'liq shakllandi, hammasi tayyor – ishga kirishish vaqti keldi!»

Enzo Fernandes haqida:

«Men Enzoni yaxshi bilaman, u jamoaga nimalar olib kela olishidan xabardorman. U – g'olib, unda g'oliblik mentaliteti bor, u g'alaba qozonishni biladi – jahon chempioni, klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi. Shuni ayta olamanki, transfer oynasining so'nggi kunlarida jamoa futbolchilari yonimga kelib, u haqida so'rashdi. Bu ular Enzoni kutishganini va uni o'z jamoalarida ko'rishni istashganini anglatadi. U ertagayoq o'ynashga tayyormi? Ha...»

Iliman Ndiaye haqida:

«U shunchaki ajoyib! So'nggi ikki kun ichida u yakkama-yakka vaziyatlarda, hujumning so'nggi qismida va jarima maydonchasi ichida qanchalik kuchli ekanligi darhol ko'zga tashlandi. U biz bilan ekanligidan juda xursandman!»

O'Raylining universalligi haqida:

«Niko qanot himoyachisi, hujumkor yarim himoyachi va boshqa pozitsiyalarda o'ynay oladi. Uning timsolida biz aslida bir nechta futbolchiga egamiz. Universallik – bu yaxshi, chunki o'yin rejasiga qarab uni turli pozitsiyalarda foydalana olamiz...»

Nunesning holati haqida:

«U tuzaldi va ertangi o'yinga tayyor. Jarohatlanganlar safida faqat Jeremi qolmoqda...»
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!