Ezri Konsa "Aston Villa" va "Arsenal" himoyasidagi farqlar haqida gapirdi:
"Ha, albatta. Aytganingizdek, "Villa"da biz juda yuqori himoya chizig'i bilan o'ynardik va raqiblarni ofsaydga tushirishga harakat qilardik. Ammo bu yerda hamma narsa biroz boshqacha. O'ylaymanki, bu yigitlar so'nggi bir necha mavsumda qanday obro' qozonganini o'zingiz ham ko'rgansiz.
Quruq o'yinlar soni va o'tkazib yuborilgan gollar ularning darajasini ko'rsatib turibdi. Ular shunchaki bu darajada emaslar. "Arsenal"da ancha ko'proq yugurishga to'g'ri keladi, deb aytgan bo'lardim. Hozir avvalgidan ko'ra ko'proq yuguryapman. Ammo menga bu jarayon yoqadi. Yangi narsalarni o'rganish menga yoqadi.
Hozir futbolchi sifatida o'z cho'qqimga yaqinlashayotganimni va faoliyatimdagi eng yaxshi yillarimni o'tkazayotganimni his qilyapman. Shu bilan birga, o'rganishda davom etyapman, yangi narsalarni bilishni va yaxshiroq bo'lishni xohlayman. Bu yerda, "Arsenal"da, bizdagi murabbiylar shtabi bilan o'z ustimda muvaffaqiyatli ishlashga erishyapman".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!