Fabrisio Romano o'zining navbatdagi videosida "Arsenal" himoyachi izlayotgani haqida gapirib o'tdi.
Nomzodlar orasida Jyul Kunde ham bor. Romanoning fikricha, bu "Arsenal" uchun ideal variant. Fransiyalik futbolchi ham markaziy himoyada, ham o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynay oladi.
Hatto moslashish nuqtayi nazaridan ham hammasi mantiqiy ko'rinadi: Saliba va Gabriel fransuz tilida gaplashishadi, shu sababli Kundega jamoaga kirishib ketish osonroq bo'ladi. Shu bilan birga, Romano ta'kidlaydi:
ayni damda Kunde bo'yicha hech qanday jiddiy muzokaralar olib borilmayapti.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!