Fabrisio Romano: «Kim yozda faolroq ishlashi kerak edi? Men uchun bu — «Manchester Yunayted». Men ulardan yana ikki yoki uchta transfer kutgandim. Zirkze ketganidan so'ng klub yangi hujumchi sotib olishi mumkin edi. Shuningdek, «Yunayted» chap qanot himoyachisi, balki markaziy himoyachi ham sotib olishiga amin edim. Ular yarim himoyani jiddiy yangilashdi, ammo Chempionlar ligasi mavsumida to'liq kurash olib borish uchun jamoaga, nazarimda, yana bir nechta kuchaytirish yetishmadi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!