Fabrisio Romano: Xoland kelajakda La Ligaga o'tishi mumkin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 29

Fabrisio Romano: Xoland kelajakda La Ligaga o'tishi mumkin

Fabrisio Romano (insayder): "Men "Manchester Siti" moliyaviy fair play qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilishidan oldin ham doim aytganman: agar bir kun kelib Xoland La Ligada paydo bo'lib qolsa, bunga ajablanmayman.

Ham "Real Madrid", ham "Barselona" 26 yoshli forvardni u hali Dortmundning "Borussiya"sida o'ynab yurgan vaqtidayoq qo'lga kiritishga urinishgan. Shu bois, Xoland bir kun kelib Ispaniyada o'ynashi mumkinligini inkor eta olmayman.

Norvegiyalik futbolchining ushbu klublar bilan bo'lishi mumkin bo'lgan muzokaralariga kelsak, so'nggi kunlarda hech qanday voqea yuz bermadi va yaqin kunlarda ham hech narsa bo'lmaydi. Xoland "Siti"ga doim katta hurmat bilan qaragan va klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Ammo kelajakda Xoland haqiqatan ham Primerada o'ynashi mumkin"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!