Spaletti ierarxiyasida Gatti Bremer va Kelli kabi himoyachilardan pastroq baholanmoqda. Agar Lukumi jamoaga qo'shilsa, Gatti markaziy himoyadagi to'rtinchi tanlovga aylanadi.
💰 «Yuventus» uni 18-20 million yevro evaziga sotishga tayyor.
Futbolchi «Galatasaroy», «Everton», «Nottingem Forest» va «Xall Siti»dan tushgan takliflarni rad etdi.
U «Napoli»ga o'tishga rozi edi, biroq De Laurentis to'g'ridan-to'g'ri raqibi bo'lgan «Yuventus»ga pul to'lashni istamayapti.
«Marsel» futbolchiga qiziqish bildirmoqda. OAV ma'lumotlariga ko'ra, fransuzlar uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
🗣 Nikolo Skira
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!