Federiko Kyeza va Vataru Endo «Liverpul»ning Chempionlar ligasi uchun qaydnomasiga kiritilmadi.
APLdan farqli o'laroq, Chempionlar ligasida Leoni va Jak kabi futbolchilarni yoshlar ro'yxati orqali qaydnomadan o'tkazib bo'lmaydi. Umuman olganda, yevrokuboklarda limit biroz qattiqroq, shu sababli mahalliy tarbiyalanuvchi hisoblanmaydigan ikki futbolchi tarkibga sig'madi — ular Federiko va Vataru bo'ldi.
«Rahbariyat yozgi transfer oynasidagi ishidan mamnun» degan gaplarga kelsak. Ikki legioner, aslida, ortiqcha yuk bo'lib chiqdi.
Kyeza o'tgan mavsumda ham sport formasi sababli Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritilmagandi, biroq keyinchalik Leonining jarohati sababli ro'yxatga qo'shilgandi. Shuning uchun, kimdir jiddiy jarohat olgan taqdirda, ular qaydnomaga qo'shilishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!