📰 Marca | Bir nechta sport jarohatlari bo'yicha ekspertlar Valverde jarohatdan tiklanishi uchun kamida 6 hafta vaqt ketishi borasida yakdil fikrda. Ularning so'zlariga ko'ra, to'piqning 3-darajali cho'zilishi bunday turdagi jarohatlarning eng jiddiy shakli hisoblanib, paylarning uzilishini nazarda tutadi.
Biroq "Madrid"da optimistik kayfiyat hukmron va ular yarim himoyachi safga 3 hafta ichida qayta olishiga umid qilishmoqda.
📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti): "Madrid"ning maqsadi — Valverdeni "Roma"ga qarshi o'yinga (14.10, 22:00) safga qaytarish. Urugvaylik futbolchining "Vilyarreal" bilan bahsda (10.10, 22:00) ishtirok etishi dargumon".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!