👊 Feyenoord ichidagi ziddiyat
«Betis»dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng Sem Steyn va Anis Xadj-Mussa o'yinning so'nggi epizodlaridan biri yuzasidan tortishib qolishdi. Mikos Gouki ma'lumotiga ko'ra, futbolchilarni ajratib qo'yish uchun atrofdagilar aralashishiga to'g'ri keldi.
Uchrashuv yakunida Xadj-Mussa «Betis» jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi, biroq uzatma bilan Steynni topa olmadi. Yarim himoyachi sherigining qaroridan norozi bo'ldi, o'yindan keyingi hushtakdan so'ng esa uning jahli mojaroga aylanib ketdi.
🤦♂️ Va bu birinchi shunday holat emas. «Telstar»ga qarshi bahsda Xadj-Mussa penaltini tepmoqchi bo'lgan, biroq birinchi penaltichi etib tayinlangan Steyn to'pni o'ziga olib, 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirgan va o'sha oqshomdagi ikkinchi golini urgan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!