PSV 1:1 Feyenoord: Jamoa safarda muhim ochkoni qo'lga kiritdi
Niderlandiya chempionatining markaziy o'yinida «Feyenoord» safarda PSV bilan durang o'ynadi va chempionlik poygasidagi farqni saqlab qoldi.
❤️🤍 | Bizni to'liq qoniqtiradigan natija!
Mehmonda chempionlik uchun asosiy raqobatchimiz bilan ochkolarni bo'lishib oldik. Agar birinchi bo'limda jamoa unchalik ishonchli ko'rinmagan bo'lsa, tanaffusdan keyin «Feyenoord» sezilarli darajada kuchaydi va haqli ravishda hisobni tenglashtirdi.
⚽️ Gollar: Gus Til (Gertryuda, 21' — 1:0); Anis Xadj-Mussa (Valente, 54' — 1:1).
PSVdan farq hamon 4 ochkoni tashkil etmoqda!