Franchesko Farioli boshchiligidagi «Portu» rekord sari odimlamoqda
FC Porto ↗ ●●●●● Umumiy 👁 28

Franchesko Farioli boshchiligidagi «Portu» rekord sari odimlamoqda

Franchesko Farioli boshchiligidagi «Portu» Primeyradagi XXI asrning eng yaxshi himoya ko'rsatkichlaridan biriga yaqinlashmoqda.

Italiyalik murabbiy shogirdlari 37 ta o'yinda 24-marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Chempionatda ushbu asr rekordini takrorlash uchun jamoaga yana bir marta gol o'tkazib yubormasdan g'alaba qozonish kifoya.

Avvalgi rekord (38 ta o'yinda 25 ta «quruq» o'yin) 2014/15-yilgi mavsumda ispaniyalik Xulen Lopetegi boshchiligidagi jamoaga tegishli.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!