"Portu" va "Riu-Ave" o'rtasidagi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Franchesko Farioli Rodrigo Mora kelajagi haqidagi savollarga javob berdi:
"Bu hafta juda ko'p shov-shuvlar bo'ldi. Bizni kechayu kunduz transfer mish-mishlari bilan savolga tutishdi, ammo yangilik yo'q. Rodrigo Mora – ajoyib professional, u "Portu" futbolchisi, klubning ashaddiy muxlisi va biz uni kerakli deb bilganimizda maydonga tushiramiz. Yangi hech narsa yo'q. Transfer bozori doim shunday. O'yinlar davom etayotgan bir paytda transfer oynasi ochiq qolishiga qarshiman, lekin bu odatiy hol va barcha tomonlardan professionallikni talab qiladi. Muzokaralar olib borayotgan klublar, jamoamiz yuragi bo'lgan futbolchilar va biz, murabbiylar, barcha masalalarda e'tiborli bo'lishimiz kerak".
"Roma" va "Portu" muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo ayni damda rimliklar muqobil variantlarni ham ko'rib chiqishmoqda. "Lion" futbolchisi Fofana ham potensial xaridlar ro'yxatida turibdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!