Frenk Lempard:
"Ochiqchasiga aytganda, bu katta sinov bo'ldi. Fantastik jamoa — yigitlarimiz uchun bu darajani ko'rish yaxshi saboq. Ular xuddi chempionlar kabi o'ynashdi.
Biz uchun bu qiyin o'yin bo'ldi, ammo bunday tajriba foydali — stadion, o'yin boshidagi atmosfera va ular ega bo'lgan sifat nuqtai nazaridan. Gollar o'tkazib yuborishimiz — biz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmadik va bu haqiqat.
Siz bizdan hali ko'p narsalarni ko'rasiz. "Arsenal" bu yerda ko'plab jamoalarni mag'lub etadi. O'yinimizda menga yoqqan jihatlar bo'ldi. Yigitlar ko'proq narsaga loyiq, tribunadagi qo'llab-quvvatlashimiz esa ajoyib edi. Muxlislar mag'lub bo'lganimizni tushunib turishibdi, ammo biz bundan saboq chiqaramiz."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!