Frenki de Yong Xavi Ernandesning Niderlandiya terma jamoasiga tayinlanishi haqida
БАРСЕЛОНА ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Frenki de Yong Xavi Ernandesning Niderlandiya terma jamoasiga tayinlanishi haqida

🗣️ Frenki de Yong Xavi Ernandesning Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida fikr bildirdi:

Xavi rasmiy e'londan oldin menga qo'ng'iroq qildi. Uning qaroridan xabar topish yoqimli bo'ldi. Tan olaman, biroz hayron qoldim, chunki xorijlik mutaxassislar uzoq vaqtdan beri terma jamoamizni boshqarmagandi. Ammo men xursand bo'ldim.

Biz «Barselona»da birga yaxshi ishlaganmiz. Men uning futbol falsafasini bilaman va u Niderlandiya terma jamoasiga mos keladi deb hisoblayman.

Xavi hujumkor futbol va yuqori pressing bilan o'ynashga intiladi va o'z prinsiplaridan voz kechmoqchi emas. Shu bilan birga, u bu g'oyalarni amalga oshirish uchun yetarlicha taktik variantlarga ega.

Endi biz jamoani qayta qurishni boshlashimiz kerak va buning uchun vaqt talab etiladi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!