Gabriel Jezus «Arsenal»dan «Barselona»ga o'tish jarayoni va moliyaviy shartlar haqida gapirdi:
Gabriel Jezus: «O'ylaymanki, nafaqat men, balki «Barsa» ham bu transfer amalga oshishi uchun katta sa'y-harakat qildi. Ha, men moliyaviy talablarimni kamaytirdim va farq sezilarli darajada edi, ammo men uchun bu yerda bo'lish — ro'yobga chiqqan orzu. Bu puldan ham muhimroq. Gap futbol va «Barselona»da o'ynash orzusi haqida ketmoqda.
Agar bir oy oldin kimdir mendan so'raganida, bu imkoniyat juda kam deb javob bergan bo'lardim. Ammo aytganimdek, men Xudo meni asrashiga ishonaman va u buni yana bir bor tasdiqladi. So'nggi ikki yilda sodir bo'lgan voqealardan so'ng, 29 yoshimda «Barsa»ga o'tish, shu yerda o'ynash va nimalarga qodirligimni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldim. Men uchun bu g'ayrioddiy holat. Albatta, o'z mahoratimga egaman va futboldan xabardor insonlar jamoaga yordam bera olishimni bilishadi. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman va har doim yordam berishga tayyorman. Men klubga, Dekuga va agentimga minnatdorchilik bildiraman. Oxir-oqibat, futbolchining ham o'z fikri bor va men bu yerga o'tishim mumkinligini bilgan zahoti: «Men «Barselona»da o'ynamoqchiman», dedim.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!