⚡️ Sami Mokbel xabariga ko'ra, "Arsenal" Gabriel Martinellining transferi borasida "Al-Hilol" bilan muzokaralar o'tkazgan.
Ma'lum qilinishicha, Mikel Arteta Martinellining jamoadagi maqomi bo'yicha o'z pozitsiyasini aniq bildirib o'tgan.
Manbalarga ko'ra, "Al-Hilol" futbolchi uchun "Galatasaroy" taklif qilgan 45 million yevrodan ko'proq mablag' to'lashga tayyor.
Martinellining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga 12 oy qoldi. U "Arsenal" g'alaba qozongan birinchi tur doirasidagi "Koventri"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!