Gabriel Martinelli xayrlashuv maktubi:
Bu kun ham keldi. Rostini aytsam, xayrlashuv xabarini yozishga tayyormanmi, bilmayman, lekin urinib ko'raman.
Men bu yerga yetti yil oldin, 18 yoshga to'lgan yigit bo'lib kelganimda, qalbimning tubida bu yerda abadiy qolaman deb o'ylagandim. Ammo hayot doimo o'zgarib turadi va ba'zida yo'llarimiz rejalashtirganimizdan butunlay boshqa tomonga yetaklaydi.
Biz qachondir chempion bo'lamizmi? Yangi klub, yangi mamlakat, yangi madaniyatga moslasha olamanmi? Chempionlar ligasida gol ura olamanmi? Muhim gollarni kirita olamanmi? Olimpiadada o'ynash imkoniga ega bo'lamanmi? Jahon chempionatidachi? Tasavvur qiling-a, jahon chempionatida gol urish?
Bu fikrlarning barchasi 18 yoshli Gabrielning xayolida charx urardi.
Va ha, biz buni uddaladik.
Biz Angliya kubogi, Angliya Superkubogini yutdik va nihoyat, uzoq kutgan narsamizga erishdik — Premer-liga chempioni bo'ldik. Braziliya terma jamoasi bilan Olimpiada oltinini qo'lga kiritdim, ikkita jahon chempionatida qatnashdim va bitta juda o'ziga xos gol urdim. Bu yerda, «Arsenal»da esa 98 ta samarali harakatga erishdim.
Men bu klubda yetti yil o'tkazdim. O'zimni «Heyl End»ning asrab olingan tarbiyalanuvchisi kabi his qilaman. Bu yerda menga g'amxo'rlik qilgan va yillar davomida o'sib borayotganimni kuzatgan oilamni topdim.
Men faqat xodimlar va jamoadoshlarimdan minnatdor bo'la olaman. Oshpazlar, ekipirovka xodimlari, shifokorlar, kirish qismidagi xodimlar, xavfsizlik xizmati, media-jamoa, farroshlar, fizioterapevtlar va 2019-yildan bugungi kungacha tariximning bir qismiga aylangan har bir jamoadoshimga rahmat. O'sishimga yordam bergan barchaga tashakkur.
Va muxlislar — hammasi uchun rahmat. Birinchi kundanoq o'zimni uydagidek his qilishimga sababchi bo'ldingiz. Har safar maydonga tushganimda, nima bo'lishidan qat'i nazar, ushbu futbolka uchun borimni berishga harakat qildim.
«Arsenal», menga ishonganing va o'zimni butun dunyoga ko'rsatish imkoniyatini berganing uchun rahmat.
Eng ko'p oilam va rafiqamga minnatdorchilik bildiraman, ular butun yo'l davomida yonimda bo'lishdi va faqat biz biladigan sinovlarni yengib o'tishim uchun kerakli hissiy yordamni berishdi.
Bu uzoq yo'l edi, juda ko'p voqealar bo'ldi va endi u o'z nihoyasiga yetdi. Buni ko'zlarimda yosh bilan yozmoqdaman. Yetti yillik hayotni bir necha so'zga sig'dirish juda qiyin.
35-raqamdan 11-raqamgacha.
Bir marta kanonir bo'lsang — umrbod kanonirsan.
Xayr va yana bir bor rahmat 🤍❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!