Gari Nevill Maykl Kerrikning «Manchester Yunayted»da qolishi haqida
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Gari Nevill Maykl Kerrikning «Manchester Yunayted»da qolishi haqida

🗣️ Gari Nevill — «Manchester Yunayted»ning Maykl Kerrikni bosh murabbiy lavozimida saqlab qolish qarori haqida:

«Rostini aytsam, men hayratdaman, lekin bu qarordan mamnunman. Yakshanba kungi voqealardan keyin, Maykl uchun bu oxirgi o'yin bo'lishiga deyarli shubham yo'q edi.

U maydonda yolg'iz o'zi ketayotganida, futbolchilar esa ortda qolganida, hammasi xayrlashuvdek ko'ringandi. U muxlislarga xuddi uzr so'rayotgandek va ayni paytda «xayr» degandek qo'l siltab qo'ydi. Shu bois, uning saqlab qolinishi men uchun kutilmagan holat bo'ldi, garchi men bundan xursand bo'lsam ham.

Keyingi ikki hafta ichida nimalar ro'y berishini tasavvur qila olmayapman. Umid qilamanki, Kerrik jamoani yana o'zi uchun kurashishga majbur qila oladi, chunki so'nggi haftalarda futbolchilar buni yaqqol ko'rsatishmadi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!