Gasperini ("Roma" ustozi): "Oldinda turgan "Madrid"ga qarshi o'yin (14.10, 22:00) haqida gapiradigan bo'lsam, "Madrid"ning hali o'sishi uchun imkoniyatlari bor. Tarkib va murabbiy almashgani sababli, jamoa o'z o'yinini topib olishi uchun yana bir nechta uchrashuv o'tkazishi kerak.
"Real Madrid" ulkan resurslarga ega, shuning uchun vaqt o'tishi bilan jamoa yanada kuchayishiga ishonchim komil. Chempionlar ligasi "Madrid"ga hozirgi paytda o'zidan kuchliroq ko'rinayotgan jamoalarga qarshi o'yinlarda o'zini sinab ko'rishga yordam beradi. Har qanday holatda ham, "Real Madrid" hamon o'ta xavfli va har bir o'yinda g'alaba qozonishga qodir.
Mourinyu? Shubhasiz, "Roma" muxlislari uni yaxshi ko'rishardi, shuning uchun u e'tirofga loyiq. Ammo o'yin boshlanishi bilan barcha hissiyotlar ikkinchi planga o'tib ketishiga va muxlislar faqat bizning jamoani qo'llab-quvvatlashlariga ishonchim komil.
Mourinyuning natijalari o'zi haqida so'zlaydi. U eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri. Agar uning kuchli tomonlaridan birini ajratib ko'rsatishim kerak bo'lsa, klublarni iqtidorli o'yinchilarni sotib olishga va katta mablag' sarflashga ko'ndira olish qobiliyatini aytgan bo'lardim.
"Real Madrid" Diomande uchun juda katta pul to'ladi. Joze — barakalla, u buyuk murabbiy! U boshqa ko'plab jihatlarda ham yaxshi, lekin bunday transferlarni amalga oshira olish qobiliyati ham ajoyib fazilatdir"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!