Giovanni Di Lorenzo: «Yuventus»ga qarshi o'yin juda muhim va keskin bo'ladi»
Forza Napoli ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 20

Giovanni Di Lorenzo: «Yuventus»ga qarshi o'yin juda muhim va keskin bo'ladi»

Giovanni Di Lorenzo DAZN uchun bergan intervyusida «Yuventus» — «Napoli» bahsi haqida fikr bildirdi:

««Yuventus» — «Napoli» uchrashuvi juda muhim va keskin bo'ladi. Biz bu o'yin «Napoli» uchun ham, ular uchun ham nimani anglatishini yaxshi bilamiz. Ajoyib o'yin ko'rsatish va kerakli natijaga erishish uchun imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz.»

🔘Sizni Spalletti bilan uchrashuv kutib turibdi, bu haqda nima deysiz?

«Murabbiy bilan qayta ko'rishish ajoyib bo'ladi; u bilan munosabatlarimiz yaxshi. U «Napoli»ni boshqargan ikki yil ichida bizga juda ko'p narsa berdi va men o'sha ikki yilni katta mamnuniyat bilan eslayman.»

🔘Jamoa hali ham hujum va himoya o'rtasidagi muvozanatni qidiryaptimi?

«Ha, oxirgi o'yinda ko'p gol urishga muvaffaq bo'ldik, lekin boshqa o'yinlarda ham vaziyatlar yaratgandik. Balki, vaziyatlardan foydalanishda biroz kamchiliklar bo'lgandir, ammo kelgusi o'yinlarda ko'rsatkichlarimizni yaxshilashga harakat qilamiz. Turnir jadvalida yo'qotilgan ochkolarni qaytarib olishimiz kerak. Biz ko'p gol o'tkazib yubordik, ammo murabbiylar shtabi bilan birgalikda bu muammolarni bartaraf etish ustida ishlayapmiz.»
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!