Gleyson Bremer: «Ishonchli o'yin, haqiqiy jamoa o'yini? Ha, shubhasiz, biz o'syapmiz. Yangi kelganlarga biroz sabr qilish kerak — moslashish har doim ham oson emas. Biz kelajak uchun jamoa quryapmiz va oldinda bizni g'alabalar kutib turibdi deb umid qilaman. Ammo hammasi aynan shunday o'yinlardan boshlanadi.
Men «Yuve» tarixida eng ko'p gol urgan uchinchi braziliyalikmanmi? Eng muhimi — o'zimni jismonan a'lo darajada his qilish. Ta'til paytida aynan shu maqsadni oldimga qo'ygandim. Juda kam dam oldim, doimiy ravishda shug'ullandim va bu mavsum haqida o'yladim. Men uchun ideal formada bo'lish muhim: jismoniy holat joyida bo'lsa, maydonda hammasi ancha oson kechadi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!