🚨 Gulyelmo Vikarioning «Yuventus»ga o'tganidan so'ng «Tottenxem» muxlislariga yo'llagan maktubi:
«Qadrli “shporlar” muxlislari… nimadan boshlasam ekan?!
RAHMAT — xayolimga kelgan birinchi so'z. Siz meni ilk kundanoq qabul qildingiz.
Premer-ligada shunday buyuk klub safida o'ynash har doim mening orzuim bo'lgan, shu bois “Tottenxem” qalbimda va xotiralarimda doimo alohida o'rin tutadi.
Klubga, barcha xodimlarga va shu yillar davomida birga to'p tepgan jamoadoshlarimga katta rahmat.
Sizlar bilan birgalikda Yevropa Ligasida g'alaba qozonish va muxlislarimizga taqdim etgan quvonchni ko'rish — bu hech qachon o'chmaydigan xotira. Men bundan doimo faxrlanaman.
Yangi mavsumda omad tilayman, u juda qiziqarli o'tishi kutilmoqda… yana bir bor RAHMAT!»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!