Hansi Flik "Barselona"dagi o'zgarishlar va futbolchilarning holati haqida
Barca Family News ↗ ●●●●● Matbuot 👁 16

Hansi Flik "Barselona"dagi o'zgarishlar va futbolchilarning holati haqida

Joriy yilda klub transferlar uchun rekord darajada mablag' sarfladi. Bu sizda qandaydir alohida fikrlarni uyg'otadimi? Bu siz uchun ko'proq bosim, katta mas'uliyatni anglatadimi yoki bunga befarqmisiz? Yoki bu shunchaki Dekuning ishimidi?

Hansi Flik: «Biz bu qarorlarni birgalikda qabul qildik. Vaziyatdan juda mamnunman. Futbolchilarning bir qismi ketganda, boshqalarni jalb qilish kerakligi tabiiy hol. La Masiyada o'sgan futbolchilar bilan gaplashib, rivojlanish uchun boshqa joyga o'tish vaqti kelganini aytish men uchun oson emas. Har bir La Masiya tarbiyalanuvchisi uchun «Barsa»da o'ynash eng katta orzu ekanligini bilaman va bu tabiiy. Ammo biz har bir futbolchiga nisbatan halol bo'lishimiz kerak.

Bu mavsumda oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz, biz — «Barselona»miz va sovrinlar yutishni istaymiz. Shuning uchun jamoa darajasi va sifatini oshirish yaxshi va biz aynan shuni qildik. Hozir hamma narsa juda yaxshi ko'rinmoqda, shuning uchun men xursandman. O'zgarishlar hayotda ham, futbolda ham normal holat. Shunday bo'ldi va biz shu yo'ldan borishimiz kerak. Biz qilgan ishlarimizga yuz foiz ishonchimiz komil. Bu jamoa bilan ishlashdan mamnunman».

Rafinya mavsumni uchta o'yinda beshta gol bilan boshladi. U siz bilan o'tkazgan birinchi mavsumida 34 ta gol urgandi, o'tgan mavsumda esa atigi 33 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol kiritdi. Rafinyani jarima maydonchasiga yaqinroq joylashtirish qarori aynan uning samaradorligi bilan bog'liqmi yoki bu uning eng yaxshi pressing qilishi bilan izohlanadimi? Balki gap Gordon o'zini qanotda qulayroq his qilsa, uni cheklamashdadir. Rafinyani bu rolda sinab ko'rishda nima asosiy rol o'ynadi?

Hansi Flik: «Rafa hatto chap qanotda o'ynaganda ham doim markazga intiladi. O'ylaymanki, u uchun o'yinga jalb qilingan bo'lish muhim va hozirgi vaqtda u buni juda a'lo darajada bajaryapti. Hozir u biz uchun bu pozitsiyadagi eng yaxshi variant. Shuningdek, u hujumlarimizga dinamika bag'ishlashi va pressingni boshlab berishini doim takrorlayman, chunki u katta intensivlik va tezlikka ega, bu esa bizga juda yordam beradi. Ammo qolganlar ham, ayniqsa, himoyada, har bir futbolchi o'yinga jalb qilingan holda doimiy diqqatni jamlashgan. Biz jamoa sifatida yaxshi himoyalanyapmiz va bu muhim. Biroq men uchun Rafa hozir bu pozitsiyadagi eng yaxshi variantimiz».

Ispaniya terma jamoasi safida JCHda ishtirok etgan bir nechta futbolchilar bor, masalan, Kubarsi. Pedri va Rodi haqida yaqinda ko'p o'ynashni xohlashlari va ba'zida ularni tiyib turish kerakligi haqida gapirgandingiz. Ba'zi o'yinlarda ular zaxiradan maydonga tushishdi. Lamin masalasida esa hammasi boshqacha: u uchta o'yinning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi, oxirgi ikkitasida esa 90 daqiqa o'ynadi. Nega Lamin bilan hammasi boshqacha? Nega JCHdan keyin u doim asosiy tarkibda chiqadi va ertangi o'yinni zaxirada boshlashi mumkinmi?

Hansi Flik: «Ertangi kunga kelsak, kutishimizga to'g'ri keladi. Bugun hali hech narsa deya olmayman. U o'zini qanday his qilishini ko'rishim kerak va balki unga dam berish yoki asosiy tarkibda maydonga tushirish to'g'risida qaror qabul qilamiz. U bilan gaplashaman va shundan keyin qaror chiqaramiz.

Lamin — futbol o'ynashni xohlaydigan futbolchi. U alohida yugurishni yoqtiradiganlardan emas, biz esa buni tez-tez qilib turardik. Hozir bu borada qanday darajada ekanligimiz ham ko'rinib turibdi. Men uchun birinchi uy o'yinida u 90 daqiqa o'ynagani muhim edi, chunki keyin uning kayfiyati va atrofidagi hamma narsa ancha yaxshi ko'rinayotgani ma'lum bo'ldi. U o'ziga kerakli darajaga yaqinlashganini his qildi. Ayniqsa, oxirgi o'yinda u juda yaxshi o'ynadi. Bu uning tomonidan ajoyib o'yin bo'ldi va u 90 daqiqa dosh bera olishini ko'rsatdi. Shuningdek, u uchun keyingi kuni mashg'ulotda qatnashgandan ko'ra, 90 daqiqa o'ynab berish ancha foydaliroq deb hisoblayman. Shu bois, uni maydonda qoldirish to'g'ri qaror edi, ertasi kuni esa tiklanish uchun vaqt berdik. O'ylaymanki, biz to'g'ri yo'l tutdik va bu uning uchun ham foydali bo'ldi».

Matbuot anjumani yakunlandi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!