Hansi Flik: "Biz tarix yozishni istaymiz"
Barca Family News ↗ ●●●●● Matbuot 👁 38

Hansi Flik: "Biz tarix yozishni istaymiz"

Hansi Flik «Xetafe»ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida fikrlarini bildirib o'tdi:

Hansi Flik: «"Xetafe"ga qarshi o'yinlar har doim qiyin kechadi. Himoya nuqtai nazaridan ular La Ligadagi eng yaxshi, balki eng kuchli jamoa bo'lsa kerak. Ular juda tartibli himoyalanishadi. Golli vaziyatlar yaratish oson emas. Birinchi daqiqadayoq gol urganimizdan juda xursandman — bu bizga katta yordam berdi va ishonch bag'ishladi. Terma jamoalar tanaffusidan keyin o'yinga qaytish oson emas. Uch hafta o'tdi, ko'plab futbolchilar o'z terma jamoalari safida ko'p daqiqa o'ynashdi. Biz buni boshqarishimiz kerak. Natijadan, uch ochkodan va jamoaning o'yinidan mamnunman».

Entoni Gordonning o'yini va uning «Nyukasl»dagidan farqli o'laroq «Barsa»da o'zgarishi haqida:

Hansi Flik: «U juda yaxshi harakat qilyapti, garchi avvalgi o'yinlarda gol urmagan bo'lsa ham. Bundan juda xursandman. Buni Angliya terma jamoasi safida o'ynaganida ham ko'rish mumkin edi: u gol urdi, o'ziga ishondi va «Barselona»da ham shu ruhda davom etishni istadi. U bizga tezlik va to'p bilan muomalada katta foyda keltirmoqda. Har doim to'pni qabul qilishga, nazorat qilishga tayyor. Bu bizga juda qo'l keladi. U driblingi va tezligi bilan yaxshi vaziyatlar yarata oladi».

Lamin Yamalning yuklamalari haqida:

Hansi Flik: «U bugun borini berdimi yoki yo'q, aniq ayta olmayman. Men uni almashtirish kerakmi deb so'radim, u yo'q deb javob berdi. Bu Lamin. U futbolni yaxshi ko'rgani uchun maydonda qoladi. Albatta, ba'zida yuklamalarni taqsimlashimiz kerak, lekin bu o'yinda... Birinchi bo'lim uning uchun oson kechdi deb o'ylayman. Ikkinchi bo'limda esa u ko'proq yakkakurashlarga kirishdi, vaziyatlar yaratdi. Uning kayfiyati a'lo darajada. O'yinlar oralig'ida biz unga g'amxo'rlik qilamiz, u yaxshi tiklanib olmoqda va professional futbolchi uchun eng muhimi shu».

Jyules Kundening formasi haqida:

Hansi Flik: «Jyul — 100 foiz professional. Men buni har kuni ko'raman. U tarkibdagi o'rni uchun kurashishga tayyor, yanada kuchayishni istaydi va doim diqqatini jamlagan. Jamoa unga katta yordam bermoqda. Biz har doim jamoa uchun o'sha vaziyatda nima yaxshiroq ekanligini o'ylaymiz. Buni har bir futbolchi qabul qilishi kerak. Bu jamoaning sifati va kuchi. Bizda yuqori saviyadagi futbolchilar ko'p. Buyuk g'alabalar va sovrinlar uchun bu juda zarur. Jamoada ajoyib muhit bor, bu g'ayritabiiy holat va men bundan juda xursandman».

Sakkizta g'alaba va kelgusi o'yinlar haqida:

Hansi Flik: «Albatta, bu qiyin, lekin biz har doim aytganimdek, navbatdagi o'yinga e'tibor qaratamiz. Keyingi o'yinni «Galatasaroy»ga qarshi o'tkazamiz, u ham oson bo'lmaydi va biz g'alaba qozonishni istaymiz. Biz tarix yozishni istaymiz va barcha shu ruhda tayyorlanyapti. Mashg'ulotlarda bunday intensivlik va sifatni ko'rish ajoyib. Futbolchilar ham yuqori saviyadagi mashg'ulotlardan zavq olishyapti. Buni kuzatish yoqimli».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!