Hansi Flik: "El-Klasiko" PSJga qarshi o'yinga ta'sir qildi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Hansi Flik: "El-Klasiko" PSJga qarshi o'yinga ta'sir qildi

Flik ("Barselona" ustozi): "Oldindagi "El-Klasiko" (25.10) PSJga qarshi o'yindagi qarorlarimizga ta'sir qildi. Agar yakshanba kuni "Real Madrid"ga qarshi o'ynamaganimizda, Rodri bugun asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lardi.

Bu bahona emas, lekin kuch yetishmasligi sababli xatolarga yo'l qo'yganimizni tushunish kerak. Jamoaning so'nggi haftalarda ko'rsatgan harakati aqlbovar qilmas darajada edi. Biz PSJga qarshi o'yinga kerakli darajada tayyorgarlik ko'ra olmadik.

Vaziyat ideal holatdan yiroq edi va biz tiklanishga ulgurmadik. Yuz bergan voqealarni tahlil qilib, o'yinimizning ayrim jihatlarini yaxshilashimiz kerak. Shunga qaramay, bugun ko'p yaxshi ishlarni ham bajardik.

Har holda, oktyabr oyida sovrinlar yutilmaydi. Chempionlar ligasi taqdiri iyun oyida hal bo'ladi".

📰 AS (❓) | Mourinyu "Leyptsig"ga qarshi o'yinda minimal rotatsiya o'tkazishni rejalashtirmoqda, garchi "El-Klasiko"gacha bor-yo'g'i 4 kun qolgan bo'lsa ham.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!