❓Mavsum boshida siz ushbu "Barsa"ning haqiqiy darajasi terma jamoalar o'yinlaridagi tanaffusdan keyin ma'lum bo'lishini aytgan edingiz. Ammo o'zingiz mashg'ulotlar va o'yin darajasidan hayratda emasmisiz?
🗣 Xansi Flik: "Yo'q. Agar mashg'ulotlarda yuqori sifatni ko'rsangiz, bu siz uchun eng muhimi hisoblanadi. Men uchun bu jamoa qanday darajada ekanligining ko'rsatkichi. Men bundan hayratda emasman. Jamoamni bilaman, uning imkoniyatlariga va qanday o'ynay olishiga 100 foiz ishonaman. Albatta, o'yin jarayonini qanday nazorat qilayotganimizni ko'rish juda yoqimli. Hamma o'yinga jalb qilingan, hamma to'pni olishni xohlaydi. Bu bahsda har bir futbolchining o'yin sifati ham ko'rinib turdi. Bu Chempionlar ligasi va biz ajoyib o'yin ko'rsatdik".
❓Lamin haqida sizni nima ko'proq hayratga soladi? Bu mavsumda siz uning to'psiz qanday o'ynashi, jamoa uchun qanday kurashishi haqida gapirgan edingiz. Ammo u uchta golli vaziyatda uzatma bergan usuli... O'yinni tomosha qilayotgan muxlislar uchun bunday uzatma imkoniyatlarini ko'rish qiyin, u esa buni maydonda ko'ra oladi. Unda sizni nima ko'proq ajablantiradi?
🗣 Xansi Flik: "Ba'zida o'yin davomida buni o'zim ham sezmay qolaman. Bu... Laminni har bir mashg'ulotda ko'rib, u yaratayotgan vaziyatlarni kuzatganingizda... Ular xuddi bu yerdagidek va bu hayratlanarli. Jamoamda shunday futbolchi borligidan xursandman. Ammo yakunda menda yuqori darajadagi ko'plab futbolchilar bor. Hozirgi vaqtda har bir pozitsiyada ishlarimiz juda yaxshi ketmoqda.Bilaman, hamma Laminga qaraydi. Bu tabiiy, chunki u aqlbovar qilmas futbolchi, lekin men uchun jamoaviy muvaffaqiyatlar muhimroq. Uning ikkinchi bo'limda o'ynash tarzi... Bu fantastika – u o'yinda qanday ustunlik qildi va uning so'nggi uzatmasi shunchaki aqlbovar qilmas".
❓Karim Adeyemi yoki Gabriel Jezus kabi ikkinchi bo'limda maydonga tushib, o'yin borishini o'zgartira oladigan futbolchilarga ega bo'lish qanchalik muhim?
🗣 Xansi Flik: "Mavsum boshida ular fantastik ish bajara olishlari mumkinligini aytgan edim. Jamoada shunday variantlar borligi ajoyib. Karim juda tezkor, shu jumladan to'p bilan ham, u gol urishni biladi. Bugun u darvozani ishg'ol qilganidan juda xursandman. Bu uning uchun yaxshi. Gabriel ham yuqori darajada. U hozirgidan ham yaxshiroq bo'ladi, lekin men undan mamnunman, uni qadrlayman. Uning salohiyati yanada yuqori va u buni yaqin haftalar yoki oylar ichida namoyish etadi".
🔚 Flik matbuot anjumani yakunlandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!